DMF Academy

Dasturlar

Til kursidan boshlab, Germaniyadagi kasbgacha — har bosqich rejalashtirilgan.

Har bir yo'nalish uchun aniq davomiylik va kutilayotgan natija bor. Narxlar shaxsiy holatga qarab belgilanadi — bepul konsultatsiyada aniq hisob-kitob beramiz.

84,4 mln

aholi

4,1 trln €

nominal YAIM

3,5 mln+

faoliyat yurituvchi kompaniya

Germaniya Yevropaning eng yirik iqtisodiy markazlaridan biri — shu bois nemis tilini bilish texnika, hamshiralik, logistika, IT va mehmonxona sohalarida doimiy talab qilinadigan ustunlikka aylanadi.

Til kursi

Nemis tili — A1 dan C1 gacha

Deutsch mit Freund — mualliflik dasturi asosida 6 bosqichli nemis tili kursi: A1, A2, B1, B2.1, B2.2 va C1.

Davomiylik
Har bosqich ~12 hafta, guruhda 8–12 kishi
Kimga mos
Germaniyada o'qish, Ausbildung yoki ishga tayyorlanayotganlar

Dastur qanday tuzilgan

  • Goethe-Institut formatiga yaqin metodika: grammatika, talaffuz, tinglab tushunish, yozish va gapirish alohida modul sifatida o'qitiladi
  • Mualliflik qo'llanmalar, 120+ mashq topshirig'i va 80 ta speaking kartasi kurs davomida beriladi
  • Kirish testi bilan boshlang'ich daraja aniqlanadi va 4 haftalik shaxsiy o'quv reja tuziladi
  • Har hafta 15 daqiqalik tekshiruv, oyda bir marta yakuniy nazorat va progress-tracking
  • Goethe-Zertifikat, telc Deutsch va TestDaF imtihonlariga tayyorgarlik

Ko'pchilik o'quvchi 6–8 haftada birinchi sezilarli o'sishni ko'radi, kurs oxirida 80% dan ortig'i erkin gaplasha boshlaydi.

Kasbiy yo'nalish

Fachkraft — malakali mutaxassis sifatida ishlash

B1–C1 darajadagi nemis tili bilan Germaniyada yetishmayotgan mutaxassislar ro'yxatidagi kasblarga yo'l ochiladi.

Davomiylik
Til tayyorgarligi + hujjat va suhbat bosqichi
Kimga mos
Hamshiralik, texnik xizmat, ishlab chiqarish, ombor, mehmonxona sohasidagilar

Dastur qanday tuzilgan

  • Rezyume va motivatsion xat (Motivationsschreiben) tayyorlash
  • Ish suhbati savollariga javob berish va telefon orqali professional muloqot
  • Rasmiy yozishmalar va ish joyidagi muammolarni mustaqil tushuntirish ko'nikmalari
  • Bozordagi o'rtacha oylik daromad yo'nalishga qarab 2 800–4 500 yevro atrofida
Kasbiy ta'lim

Ausbildung — dual kasbiy ta'lim

18 oydan 3 yilgacha davom etadigan dual dastur: haftasiga 3–4 kun amaliyot, 1–2 kun nazariy ta'lim.

Davomiylik
18 oy – 3 yil
Kimga mos
Aniq kasb yo'nalishini tanlab, ishlab o'rganishni xohlaydiganlar

Dastur qanday tuzilgan

  • Kasbga oid 800–1 200 asosiy so'z va ibora, ish joyidagi etiketa va xavfsizlik qoidalari
  • Real Ausbildungsvertrag (shartnoma) tuzish bosqichigacha hamrohlik qilinadi
  • Zahnmedizinische Fachangestellte (ZFA) kabi yo'nalishlarda haqiqiy joylashtirish tajribasi mavjud
  • Vorstellungsgespräch (ish suhbati)ga tayyorgarlik va topshirish jarayoni

ZFA yo'nalishida bir nechta o'quvchimiz Ausbildungsvertrag imzolagan.

Oliy ta'lim

Masterstudium — magistratura

Berlin, München, Hamburg yoki Köln kabi shaharlardagi 2 yillik magistratura dasturlariga tayyorgarlik va yo'naltirish.

Davomiylik
2 yillik dastur, 3–6 hafta hujjat tayyorlash
Kimga mos
Bakalavrni tugatgan yoki tugatayotgan, xalqaro talabalikka intilayotganlar

Dastur qanday tuzilgan

  • Akademik yozish, ilmiy maqola tahlili, seminar taqdimoti uchun til tayyorgarligi
  • Universitet tanlash, motivatsion xat va CV yozishda amaliy yordam
  • Ariza topshirish muddatlari va qabul jarayonini birga kuzatish
  • DMF xalqaro hamkori TUM Münchenda magistrantura bosqichida shaxsan yo'l-yo'riq beradi
Malaka oshirish

Weiterbildung — qo'shimcha malaka

3–12 oylik malaka oshirish kurslari va Germaniyada tan olinadigan qo'shimcha sertifikatlar.

Davomiylik
3–12 oy
Kimga mos
Allaqachon kasbga ega bo'lib, Germaniya bozoriga moslashmoqchi bo'lganlar

Dastur qanday tuzilgan

  • Ish jarayonida kerak bo'ladigan yozishmalar va elektron pochta yuritish
  • Mijozga javob berish, prezentatsiya qilish va kasbiy terminologiya
  • 12 haftalik intensiv yoki 6 oylik professional modul formatida
Dastur

Au Pair — Germaniyada oilada yashab o'rganish

Til o'rganish bilan birga Germaniyada oilada yashab, kundalik amaliyot orttirish dasturi.

Davomiylik
Odatda 6–12 oy
Kimga mos
Yosh, til va madaniyatni amaliyotda o'rganmoqchi bo'lganlar

Dastur qanday tuzilgan

  • Hujjatlarni tayyorlash va oila bilan moslashtirish jarayoni
  • Til kursi va Au Pair bosqichlari birga rejalashtiriladi
  • Bepul konsultatsiya davomida batafsil shartlar tushuntiriladi

Qaysi dastur sizga mosligini bepul konsultatsiyada birga aniqlaymiz.

Qo'ng'iroq qiling